Ko'hna qitaga yuzlangan Yangi Neymar
28 okt 2016 09:01
Yangiliklar
Ko'hna qitaga yuzlangan Yangi Neymar
Hali Neymar Barselonaga moslashib ulgurmasidan, Santos uning o'rnini bosa oladigan futbolchini naqd qilib qo'ygandi.
Bu mohir hujumchining o'rinbosarlar jamoasidagi gollari soni 100tadan oshib ketgan, o'rtacha mahsuldorligi yuqori edi. Natijada yosh iqtidor sohibi Gabigol taxallusiga sazovor bo'ldi. Evropaning nomdor jamoalari uning iziga tushgandilar. Futbolchi Braziliya termasi bilan Rio Olimpiadasida g'olib chiqqanidan keyingina ko'hna qitani zabt etishga bel bog'ladi. Uni o'z tarkibiga qo'shib olishda Milanning Inter jamoasi boshqalardan ko'ra chaqqonroq harakat qildi.
To'liq nomi Gabriel Barbosa bo'lgan iqtidor sohibi o'z faoliyatini mini-futbol maydonlarida boshlagan. 14 yoshli o'smirni Santosning sobiq skauti Zito kashf etgandi. O'shanda Gabi jamoadagi tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, ularni 6ta gol bilan mehmon qilgandi. Marhum Zito o'sha kuniyoq yosh merganning otasi bilan uchrashib, Gabini Santosga taklif qilishni diliga tugib qo'ygandi. Kelishuvni tezroq amalga oshirish maqsadida klub noyob iqtidor sohibining qashshoq oilasiga uy sovg'a qildi. O'shanda biz Santosning Gabiga qiziqish bildirayotganidan xabardor bo'lgach, tun bo'yi mijja qoqmay tong orttirdik. Axir o'g'lim bolaligidan shu jamoa muxlisi edi, - degandi Gabrielning otasi.
Keyingi 8 yilni Gabi futbol va mini-futbol maydonchalarida o'tkazdi, muntazam ravishda turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda to'p surdi. O'zining maftunkor o'yinlari bilan nafaqat Santosning, balki o'rinbosarlar jamoasi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib boradigan ashaddiy muxlislar, matbuot vakillari mehrini ham qozondi. U Gansoning chap oyog'ini, Neymarning yuksak texnikasi va tezligini o'zlashtirgan, - deb yozgandi Braziliya nashrlaridan biri Gabigolga bag'ishlagan maqolasida.
Darhaqiqat, Neymar Evropa safariga otlanayotgan 2012 yili Gabriel yoshlar jamoasida har bir uchrashuvni kamida bitta gol bilan nishonlashga odatlangandi. O'sha paytdayoq Santosning bo'lajak superyulduzi butun Janubiy Amerikaga tanilib ulgurdi. Ungacha muxlislar Neymar va Gansoning fantastik o'yinlari bilan band bo'lganliklari bois, Gabi soyada qolib ketgandi. Gabriel 16 yoshga chiqqanida faoliyatidagi dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Aleks Sandro, Danilo va albatta, Neymarni tarbiyalab, voyaga etkazgan Santos transfer bozorida yuksak obro'ga ega bo'lgandi. Gabriel aynan o'sha mavsumda Santos tarkibidan joy oldi. Gremioga qarshi kechgan bahsda debyutini nishonladi. SHundan so'ng, muntazam ravishda ososiy tarkib o'yinchisi sifatida maydonga tusha boshladi.
Gabigolning debyuti Santosning kadrlar muammosi davriga to'g'ri kelib, yosh futbolchi bundan unumli foydalandi. Nafaqat o'yin uslubi, balki tashqi ko'rinishi, kiyinishi va yurish-turishi bilan ham Neymarni eslatadi. Malakali agent sifatida tanilgan Vagner Ribeyro uni Interning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylantirdi. Xullas, debyut mavsumdayoq etakchilikni o'z qo'liga olgan Gabigol Santosdagi 2,5 yil ichida 148 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 54 bor ishg'ol etdi. Bu faoliyatini endi boshlagan futbolchilar o'rtasida Braziliya A seriyasidagi rekord natijadir.
Rio Olimpiadasidagi muvaffaqiyat Gabining Evropaga parvoz qilishi uchun tramplin vazifasini o'tadi. Tarixga doping Olimpiadasi nomi bilan kirgan musobaqada mezbonlar barcha tanqidchilar og'zini yumib qo'yishdi, Braziliya ayollar terma jamoasi etakchisi Martaning nomini aytib hayqirib turadigan tribunalar jimib qolishdi. Selesaoning navqiron tarkibi JCH-2014 turnirida akalari tanlagan yo'ldan borishni istashmadi. Gabriel Barbosa esa ana shu tashabbuskor jamoaning yorqin fidoyilaridan biri bo'ldi. Natijada, anchadan buyon uning mahoratiga maftun bo'lgan evropaliklar qimirlab qolishdi.
Nihoyat, noyob iqtidor sohibini qo'lga kiritish yo'lidagi tortishuvlarda g'oliblik Milanning Inter klubiga nasib etdi. Yahoo Esportesning malumotlariga ko'ra, neradzurri Gabi uchun 29 mln. evro taklif etdi. Ammo futbolchining o'ziga har bir mavsum uchun 4,5 mln. evro ish haqi belgiladi. SHu tariqa Gabigol Interda eng ko'p maosh oladigan o'yinchiga aylandi. Hatto jamoa sardori Mauro Ikardi ham undan ancha kam - 3,8 mln. oladi.
Qisqasi, futbolchining agenti Vagner Ribeyro o'z mijoziga Yuventus, Lester hamda Atletikoning xaridor ekanligidan unumli foydalandi. Ha, Gabigol Interning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylandi. U har oyda 380 ming ish haqi oladi. Santosda shuncha mablag'ga ega bo'lish uchun bir yil to'p surardi, - dedi Ribeyro.
SHunday qilib, anchadan buyon ko'pchilik mutaxassislarning diqqat markazida bo'lgan Gabriel Barbosa Evropadagi faoliyatini boshladi.

Fikrlar