Koentrau “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkin
06 jan 2014 12:25
Yangiliklar


Koentrau “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkin
“Real” klubi himoyachisi Fabiu Koentrau, “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi britan OAV.
Manbaning xabariga ko'ra, transfer narxi taxminan 12-14.5 million evroni tashkil etishi mumkin.
SHuni takidlash kerakki, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi o'tgan yozda ham ijara evaziga mankunianliklar tarkibiga o'tishga yaqin turgan edi. Biroq vaqtning etmay qolgani sababli kelishuv amalga oshmay qolgan edi. Takidlab o'tamiz, Kuentrau o'yin vaqtining kamligi sababli klubdan ketishga tayyor turibdi.

Fikrlar