Koentrau "Kordoba"ga qarshi o'ynamaydi

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2014, 18:41
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Kordoba"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yhatini ma'lum qildi.
"Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng tizzasida muammolar paydo bo'lgan Fabiu Koentrau, shuningdek, jamoani tark etishi kutilayotgan Di Mariyalar Ispaniya chempionatining birinchi turida maydonga tusha olmaydilar. O'z o'rnida, Sami Xedira jamoa safiga qaytgan.

Real: Kasilyas, Keylor Navas, Pacheko, Varan, Pepe Kepler, Ramos, Marselo, Karvaxal, Arbeloa, Nacho, Beyl, Xedira, Kroos, Xames Rodriges, Xabi Alonso, Modrich, Isko, Ilyarramendi, Krishtianu Ronaldu, Benzema.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru