Koentrau jarohat tufayli "Real"ga noyabr oyigacha yordam bera olmaydi
08 iyu 2016 13:45
Yangiliklar
Koentrau jarohat tufayli "Real"ga noyabr oyigacha yordam bera olmaydi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan shu yilning noyabr oyigacha himoyachi Fabiu Koentrauni maydonga tushira olmaydi.
Portugaliyalik Finlyandiyada oyog'ini operaciya qildirdi va hozir davolanish jarayonida. U apreldagi mashg'ulotlarning birida jarohatlangan edi.
Yakunlangan mavsumda Koentrau ijarada "Monako" sharafini himoya qilgan edi.
Fikrlar