So’nggi yangiliklar

18:55Фабрегас: "Мората футбол ўйнашни йиғиштириб, бошқа спорт билан шуғуллансин"  0 18:28"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Шаржа" легионери жамоани тарк этди  3 18:01Назорат ўйини. “Гулистон” “Орол”дан устун келди  1 17:11Эндрик январь ойида Лига 1нинг энг яхши футболчиси деб топилди  12 16:40"Фиорентина"да юрак хуружини бошдан кечирган Бове 14 ойдан сўнг футболга қайтди  2 16:06Рэшфорд яна "Барселона" машғулотларини ўтказиб юборди  2 15:35Назорат ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасига қарши ўйинда 0:4 ҳисобида мағлуб бўла туриб, якунда дуранг қайд этди  1 15:02"Арсенал" норвегиялик вингерни нишонга олди  3 14:20"Ливерпуль” Англия терма жамоасининг янги юлдузини трансфер қилишга келишиб олди  4 13:37Пулишичга “Арсенал”, МЮ ва "Тоттенхэм" қизиқмоқда. "Милан" хавбекни 70-80 млн еврога сотишга тайёр  9 13:10“Ман Сити”, “Ливерпуль” ва “Ман Юнайтед” кузатаётган футболчи 100 млн еврога баҳоланмоқда  5 12:34Шомуродов яна тўпурарлар жадвалида биринчи ўринга қайтадими? Бугун Туркияда Истанбул дербиси бўлиб ўтади, унда ҳамюртларимиз иштирок этади  16 12:27"Манчестер Сити" Игор Тиагони ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:54"Бавария" Виктор Осимхенни сотиб олиши мумкин  0 11:25Ўзбекистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси "Андижон"га ўтмоқда  12

Klublarimiz kimlarni transfer qilishi mumkin? Yangiliklar

Klublarimiz kimlarni transfer qilishi mumkin?

Superligada tanaffus.

2-davraga tayyorlanayotgan jamoalar tarkibni imkon qadar kuchaytirish payiga tushgan. Ularning ishini osonlashtirish uchun turli sabablar bilan mavsumning dastlabki qismini o'tkazib yuborgan bazi mahalliy futbolchilar haqida malumot beramiz.

Vladimir Kozak

"Paxtakor" maktabi tarbiyalanuvchisi bu yilni "Turon"da boshlashi kutilgan edi. Biroq, tomonlar kelisha olishmadi. Keyinroq u "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ko'rinish bersa ham, jamoada qolmadi. 

So'nggi malumotlarga ko'ra, Samvel Babayan sobiq shogirdini Namanganda ko'rishni istayapti. Kozak "Navbahor"ning "Olimpik" bilan o'yinini stadionda kuzatdi.

Vitaliy Denisov

Maydonda har doim bor kuchini sarflashi tufayli muxlislarning yoqimtoyiga aylangan himoyachi ayni paytda erkin agent maqomida. Uning so'nggi jamoasi "Baltika" bo'lgandi. Qaysidir klub uni O'zbekistonga qaytarishni uddalasa, mahalliy muxlislarni ancha xursand qilar edi. 

Aytish kerakki, Vitaliy 35 yoshni qarshi oldi. U faoliyatini o'z Vatanida yakunlashga qarshi bo'lmasa kerak.

Sanjar Rashidov

O'tgan mavsumni SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi "Bunyodkor"da o'tkazgan 28 yoshli yarim himoyachi bu yil hech qaysi klubda ko'rinish bergani yo'q. Rashidovlarning o'rtanchasi 2-davrada yana katta sahnaga qaytsa kerak. 

Javlon Ibrohimov

Iqtidorli yarim himoyachining oxirgi klubi "Navbahor" bo'lgan edi. Otasining vafoti tufayli bir muddat katta futboldan chetda qolgan Javlon shu kunlarda faoliyatini tiklash uchun mashg'ulotlarga zo'r beryapti. Ko'ramiz, Ibrohimovning navbatdagi jamoasi qaysi bo'lar ekan.

Akbar Ismatullaev

"Metallurg"ning so'nggi yillardagi sardori yilning dastlabki qismini uyda o'tkazdi. Bu jarohat bilan bog'liq. Yodingizda bo'lsa, 31 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning 24-turi doirasidagi "Navbahor" bilan uchrashuvda safdan chiqqan edi.

Ismatullaevning saytimizga malum qilishicha, dastlabki 6 oyni tuzalish va sport formasini tiklash uchun sarflagan futbolchi tez orada yashil maydonga qaytadi.

Ivan Nagaev allaqachon "Lokomotiv" mashg'ulotlariga qo'shilgan. SHuningdek, bir necha kun oldin "Yangier"ni tark etgan Abduqahhor Hojiakbarov, Qahramon Bahodirov, "Legiya" bilan shartnomasini bekor qilgan Jasurbek Yaxshiboev ham erkin agentga aylandi.

obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика