So’nggi yangiliklar

13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  0 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  7 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  13 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  20 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  33 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21

Klublar o'rtasidagi JCH. "Guanchjou Evergrand" yarim finalda "Barselona" bilan o'ynaydi Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH. "Guanchjou Evergrand" yarim finalda "Barselona" bilan o'ynaydi

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan "Amerika" va "Guanchjou Evergrand" klublari o'rtasidagi o'yin yakuniga etdi
Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida o'tdi va unda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so'ng Oribe Peralta gol urib "Amerika"ni oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Zeng Long hisobni tenglashtirdi. Barcha penaltilar seriyasini kutayotgan bir vaqtda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning oxirgisida Paulino burchakdan oshirildan to'pni meksikaliklar darvozasiga yo'llab "Guanchjou"ga g'alaba keltirdi - 2:1.

Luiz Felipe Skolari boshchiligidagi Xitoy klubi yarim finalda Ispaniyaning "Barselona" klubiga qarshi o'ynaydi.

Bugun soat 15:30da start oladigan ikkinchi chorak finalda Yaponiya chempioni "Sanfrechche Xirosima" klubi Afrika chempioni Kongoning "Mazembe" klubi bilan o'ynaydi. Bu uchrashuv g'olibi yarim finalda Argentinaning "River Pleyt" klubi bilan bahs olib boradi.


1/4 final

13 dekabr
"Amerika" (Meksika) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) 1:2
Hakamlar: Yonas Eriksson, Matias Klasunius, Daniel Varnmark (barchasi SHveciya), Neant Alium (Kamerun)
Gollar: Peralta 55 - Zeng Long 80, Paulino 90+2.
"Amerika" (Meksika) - Moyses Munoz, Paolo Goltc, Migel Samudio, Andres Andrade, Dario Benedetto (Osvaldo Martinez, 81), Pablo Aguilar, Rubens Sambueza (S), Xose Gerrero, Pol Aguilar, Oribe Peralta, Karlos Kintero (Michel Arroyo, 83).

“Guanchjou Evergrand” (Xitoy) - Li SHuai, Zang Linpeng, Feng Ksiaoting, Paulino, Elkeson (YU Xanchao, 79), Zeng Zi (S), Rikardo Goulart, Xuang Boven (Gao Lin, 66), Zou Zeng, Kim Yong Gvon, Robino (Zeng Long, 46).
Ogohlantirish: Feng Ksiaoting 88


 
Musobaqa taqvimi:
O'tish bosqichi
10 dekabr 15:45
“Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) - "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) 2:0

1/4 final
13 dekabr 12:00
1) "Amerika" (Meksika) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) 1:2

13 dekabr 15:30
2) "Mazembe" (Kongo) – “Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)

Beshinchi o'rin uchun
16 dekabr 12:30
"Amerika" (Meksika) - CHorak final 2 mag'lubi

Yarim final
16 dekabr 15:30
CHorak final 2 g'olibi - "River Pleyt" (Argentina)

17 dekabr 15:30
"Barselona" (Ispaniya) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy)

Uchinchi o'rin uchun
20 dekabr 12:00
Yarim final 1 mag'lubi - Yarim final 2 mag'lubi

Final
20 dekabr 15:30
Yarim final 1 g'olibi - Yarim final 2 g'olibi
 

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика