So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati klublarining yulduzlari Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati klublarining yulduzlari

Bugun yilning eng so'nggi futbol turniriga start berildi va biz qorli sovuq kunlarda yilning yana bir muhim musobaqasini televizor orqali tomosha qilish imkoniga ega bo'lamiz.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar safidagi mashhur futbolchilarni tanishtiramiz.

"Sanfrechche Xirosima"


Mixael Mikich - ushbu xorvatiyalik yarim himoyachi 6 yildan beri "Sanfrechche Xirosim" sharafini himoya qiladi. Mikich yapon klubiga o'tguniga qadar Zagrebning "Dinamo", "Kayzerslautern" kabi Evropaning mashhur klublarida to'p tepgan. 35 yoshli futbolchi bir necha bora Yaponiya ligasining eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan.

"Oklend Siti"


Joao Moreyra - 29 yoshli portugaliyalik 2014 yilda "Oklend Siti" safiga o'tgan. U faoliyati davomida Ispaniyaning "Rayo Valekano", Portugaliyaning "Nasonal" kabi klublarida o'ynagan.

"Mazembe"


Robert Kidiaba - siz ushbu darvozabonni ko'p bor televizorda yoki internetda ko'rgansiz. 39 yoshli posbon 13 yildan beri Kongoning "Mazembe" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Darvozabon o'zining mashhur raqsi bilan jahon futbol ishqibozlari mehrini qozongan.

"Guanchjou Evergrand"


Paulino - 27 yoshli Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi 2015 yilning 29 iyun kuni Xitoy klubi safiga qo'ishlgan. Bungacha u 2 yil davomida Premer-liganing "Tottenxem" jamoasi sharafini himoya qilgan. 2013 yilda 17 mln. funt evaziga Angliya klubiga o'tgan Paulinoni Xitoy klubi 9.9 mln. funt bilan 2015 yilda braziliyalikni xarid qiladi. Futbolchi ikki karra OFK CHempionlar ligasi g'olibi hisoblangan "Guanchjou Evergrand" klubi muxlislarining yoqimtoyiga aylanishga ulgurgan.


Robino - bu futbolchini deyarli barcha futbol muxlislari tanisa kerak. 2005 yilda "Qirollik klubi" safiga o'tgan braziliyalik 3 yil davomida "qaymoqranglilar"ning 101ta uchrashuvida maydonga tushib raqib darvozasini 25 bora nishonga olishga ulguradi. 2008 yilda "Real" Robinoni 42,5 mln. evro evaziga "Manchester Siti"ga sotib yuboradi. "SHaharlik"lar safida ishi yurishmagan hujumchi "Santos" va "Milan" klublarida faoliyatini davom ettiradi. 2015 yilning iyul oyida futbolchi "Guanchjou Evergrand" bilan 6 oylik qisqa muddatli shartnoma tuzadi. Robino hozirgacha Xitoy klubi safida 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Jan Linpeng - tez orada "Real"ga o'tishi kutilayotgan yangi "Ramos" 2010 yilda "Guanchjou Evergrand" safiga o'tadi. 26 yoshli himoyachi hozirgacha Xitoy klubi safida 12ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. 

"River Pleyt"


Xaver Saviola - argentinalik futbolchi 2001 yildan boshlab jahonning eng kuchli klublaridan biri "Barselona"da o'ynay boshlagan. Saviola "Barselona"dan "Real"ga o'tgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. U o'z faoliyati davomida "Monako", "Sevilya", "Benfika", "Malaga", "Olimpiakos" kabi klublarda o'ynagan. 2015 yilning 30 iyunida Saviola "River Pleyt"ga qaytganini elon qiladi.


"Barselona"ga to'xtalishning hojati yo'q deb o'yladik, chunki har kuni bu klub futbolchilari haqida turli xil malumot va xabarlar yangiliklar lentasini to'ldirmoqda.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика