So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  3 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Klublar har yili tarkibni o'zgartirib, faqat elitada qolish uchun kurashsa yoshlarga etarlicha imkoniyat berilmaydi - "Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan katta intervyu Yangiliklar

Klublar har yili tarkibni o'zgartirib, faqat elitada qolish uchun kurashsa yoshlarga etarlicha imkoniyat berilmaydi - "Buxoro" bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan katta intervyu

O'tgan bir yarim yil mobaynida bir qator qiyinchiliklarni boshidan o'tkazgan "Buxoro" orada yuzaga kelgan tanaffusda malum bir darajada o'zgarishlarga qo'l urdi.

Dastlab jamoa rahbariyatida 2016 yil faoliyat olib borgan mutaxassis Alisher Rustamov ish boshladi. Oradan ko'p o'tmasdan Muhsin Muhammadiev istefoga chiqarildi, uning o'rniga "Buxoro" uchun begona bo'lmagan, o'z vaqtida shu jamoada samaralari faoliyat olib borgan Jamshid Saidov bosh murabbiy etib tayinlandi. Bilasiz, ushbu murabbiy 2015-2016 yil Tachmurod Agamurodov bilan birgalikda "Buxoro"ni yuqori o'rinlar sari etaklagan edi. Muxlislar yana o'sha davrdagi jamoaning o'yinlarini sog'inishgani shubhasiz. Albatta, hozirda turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan kelib chiqsa yangi murabbiylar shtabiga oson bo'lmasligi aniq. Qilinadigan ishlar ko'p. Biz bu borada Jamshid Saidovni suhbatga chorladik.

-  Bugungi kunda "Buxoro"dagi vaziyat, ichki muhit, koronavirusga chalingan futbolchilarni holati haqida malumot berib o'tsangiz?

-  "Buxoro"ning turnir jadvalida egallab turgan o'rnini yaxshi deb bo'lmaydi. Ichki muhit yomon emas. Barcha ishlarimiz reja bo'yicha ketmoqda. Kichik muammolar bor. Bular bari pandemiya bilan bog'liq. Jamoamizda ko'p futbolchilar koronavirus bilan kasallandi. Biroq, vahimaga xojat yo'q. Yigitlar 85 foizga tuzalgan, tiklanish jarayoni davom etmoqda. Umid qilamanki, 14 avgust kuni "Bunyodkor" bilan o'yinga to'liq tarkib bilan etib boramiz. 4 avgustdan boshlab mashg'ulotlarni Toshkentga ko'chirdik. "Bunyodkor" bilan uchrashuvga puxta hozirlik ko'ryapmiz. 

- Jamoa o'tgan davr mobaynida og'ir kunlarni boshidan o'tkazdi, ketma-ket mag'lubiyatlar sabab kayfiyat ham tushib ketgan, muxlislarning ishonchi ham yo'qolgandi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun qanday o'zgarishlarni amalga oshirimoqchisiz? Bunday holatga "Buxoro" bilan 2015 yilgi mavsumda ham duch kelgandingiz, sizda bu borada tajriba bor desak ham bo'ladi...

- Ha, jamoani qiyin holatda qabul qilib oldim. 2 ochko jamag'ara olganmiz, xolos. 2015 yilgi mavsumni yodga oldingiz. Ko'ramiz, birinchi galdagi vazifamiz jamoani Superligada olib qolish. Buning uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Jamoa g'alaba qozonmasdan faqat yutqazaversa futbolchida xohish va motivaciya yo'qoladi. Bunday holatda jamoani ruhan tiklash qiyin kechadi. Endilikda "Buxoro" o'yiniga yangilik olib kirgan holda futbolchilardagi shijoatni qaytarishimiz lozim. Transferlar oynasi vaqtida bir nechta yangi futbolchilarni qo'shib olamiz. Tarkibda raqobatni kuchaytiramiz. Ha, 2015 yil qiyin holatda jamoani Oliy ligada olib qolgan edik. Bu juda katta mehnatni talab qilgandi. Etibor bersangiz o'shanda oxirigacha kurashgandik. Xuddi shu jamoa bilan 2016 yil to'rtinchi o'rinni egallaganmiz. Oldimizga qo'yilgan  vazifani bajarganmiz. Agarda kvotalarimiz ko'p bo'lganida OCHLga chiqqan bo'lardik. Ayni paytdagi vaziyatda biron narsa deyish qiyin, "Jo'jani kuzda sanaymiz". Birinchi davrani qolgan uchrashuvlari, ikkinchi davra kutib turibdi. Murakkab vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Oldindan gapirmangan maqul. Lekin, mehnat va harakat qilishdan to'xtamaymiz. 



-  Jamoadagi legionerlar masalasi hal qilindimi? Odatda Jamshid Saidov va Aleksandr Xomyakov juftligi mahalliy futbolchilar bilan ham ajoyib jamoa tuza olishiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Boz ustiga legionerlarni qachon kelishi ham nomalum...

- "Buxoro"dagi to'rt nafar legioner masalasi bo'yicha muzokaralar ketmoqda. Balki, shartnomani bekor qilishimiz ham mumkin. Boisi, ular pandemiya sabab hali beri kelmaydi. CHaqirishdan va hamkorlikni davom ettirishdan ham mano yo'q. SHuningdek ikki tomonda ham muammolar yuzaga kelmasligini istaymiz. Yuqorida aytganimdek yo'llar yopiq, aviareyslar tiklanmagan. Klub rahbarlari legionerlar bilan do'stona kelishishga harakat qilmoqda. 

- Aleksandr Xomyakov bilan "Mashal"da, "Andijon"da birga faoliyat olib borgansiz. Bu juftlikni "Buxoro"da ham ko'rishimiz mumkinmi?

-  Aleksandr Andreevichni klubga taklif qildim. Bir qator masalalarda uning maslahati zarur bo'ladi. O'z maslahatlari bilan bizga yordam berib boradi. Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz uchun ham Xomyakovning yordami kerak. 

-  O'z vaqtida "Buxoro"da ishlagan davringizda ko'plab yosh iqtidorlar etishib chiqqandi. Buxoroda iqtidorli futbolchilar ko'p, o'rinbosarlar jamoasida quyi ligalarda, ularga ham ishonch bildiriladimi? CHunki, avvalgi "Mashal", "Andijon"da ham ko'p yoshlar asosiy tarkibdan joy olardi...

- Agar klublar bir maromida o'ynasa va natijaga erishsa yoshlar o'sadi, iqtidorli futbolchilar etishib chiqadi. Masalan, "Nasaf", "Mashal" akademiyalarini qarasak, ularda doim yoshlar etishib chiqadi. Turli jamoalarga ijaralarga beriladi. O'tgan mavsumda "Andijonga" Muborak klubidan SHahzod Ubaydullaev ijara asosida o'tdi. O'zini ko'rsatdi, gollar urdi. Agar klublar har yili tarkibni o'zgartirib, faqat ligada qolish uchun kurashsa yoshlarga imkoniyat berilmaydi. 



- "Buxoro"da murabbiylar shtabi yaxshi ko'rinishga keldi. Augustin CHiricani jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis ekanligini yaxshi bilamiz. Qolganini o'zingizdan eshitsak...

- Ha, Augustin CHiricani yaxshi bilganim uchun taklif qildim. Darvozabonlar bilan endilikda Aleksey Roshhin ishlaydi. Bu ikki murabbiyni muxlislar yaxshi bilishadi, tanishadi. Minchev texnik direktor lavozimida ish boshladi. Ularni yordami bizga zarur. Bejiz taklif qilmadik. 

- Birinchi davra to'liq markazlashgan holatda yakunlanadi. Ikkinchi davrani qanday formatda o'tishi tasdiqlanmadi. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Oson o'yinni o'zi yo'q, harakat qilamiz. Pandemiya futbolga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Markazlashgan holatda chempionatni davom ettirish yaxshi. Muhimi to'xtab qolmagani. 

- "Buxoro" jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan maydon haqida nima deya olasiz? 

- Katta ehtimol stadionimiz bu mavsumda tayyor bo'lmaydi. Pademiya sabab stadionda qurilish ishlari to'xtab qolgan edi. Mart oyida yangi chim o'tkazish ishlari boshlangandi. Har qanday holatda ham bu yil o'z maydonimizda to'p tepmaymiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика