So’nggi yangiliklar

00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  10 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  2 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  8 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6

Klub muxlislari, "Turon"ning g'alabali onlari hali oldinda ekanligi, jamoaning o'yini, rotaciya haqida – Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Klub muxlislari, "Turon"ning g'alabali onlari hali oldinda ekanligi, jamoaning o'yini, rotaciya haqida – Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Turon" – AGMK (0:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo, muxlislardan uzr so'raymiz. Ularning oldida xijolatdamiz, chunki jamoa 7 turdan buyon g'alaba qozona olmayapti. Muxlislarimiz bunga loyiq emas, mana bugun ham noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, kelib, bizni qo'llab-quvvatlashdi. Umid qilamizki, jamoaning g'alabali onlari hali oldinda va ularni xursand qilamiz.

O'yinga kelsak, yomon boshlamadik, birinchi bo'limda to'liq nazoratni qo'lga oldik, bir qancha vaziyatlarni yaratdik. Lekin bu – futbol, undan har doim yaxshi o'ynagan jamoa g'olib chiqmaydi. Demak, nimanidir noto'g'ri qilyapmiz, shu bois mag'lubiyatga uchradik. Barcha aybni o'z zimmamga olaman. Futbolchilar bilan gaplashib oldik, 2 kundan keyin bizni yana bir o'yin kutmoqda. Bu narsa ruhiy holatimizga tasir qilmasligi kerak. Vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz.

Jamoamiz azolariga keladigan bo'lsak, tarkibimizda 27 ta o'yinchi bor. Qaysidir paytda ro'yxatga kira olmayotgan o'yinchilarni rotaciyani amalga oshirib, almashtiramiz. Bu safar qaydnomaga Orifxo'ja Abduxoliqov o'rniga jarohatdan qaytgan Asilbek Qayumovni kiritishga qaror qildik", – Islom Ismoilov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика