Kloze professional murabbiylikdagi debyutini omadsiz boshladi
25 iyu 2022 08:10
Yangiliklar


Kloze professional murabbiylikdagi debyutini omadsiz boshladi
Germaniya TJ sobiq azosi Miroslav Kloze Avstriyaning “Altax” jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi.
Klub Avstriya Bundesligasidagi ilk tur o'yinini “Xartberg”ga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
44 yoshli Kloze uchun bu professional murabbiylik faoliyatidagi debyut uchrashuv bo'ldi. Bungacha u “Bavariya” asosiy jamoasida assistent bo'lib ishlagandi.
Eslatib o'tamiz. Miroslav Kloze 2016 yil noyabrida butsasini mixga ilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar