Klopp: “Yaxshi hamki u: “Liverpul” – bu men boradigan oxirgi joy”, deb aytmadi”
28 fev 2020 19:20
Yangiliklar


Klopp: “Yaxshi hamki u: “Liverpul” – bu men boradigan oxirgi joy”, deb aytmadi”
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “RB Leypcig” forvardi Timo Vernerning so'zlariga munosabat bildirdi.
Verner mersisaydliklar haqida iliq fikrlarini bildirib o'tgan edi.
“Verner “Liverpul” bilan faxrlanishini aytdimi? Bu yoqimli, ammo ushbu mavzuga doir boshqa hech narsa ayta olmayman. Yaxshi hamki u: “Liverpul” – bu men boradigan oxirgi joy”, deb aytmadi”, dedi Klopp.
Timo joriy mavsum Bundesligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assistga erishgan. Uning transfer narxi esa 30 mln.ga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar