Klopp: “Xot-dog tayyorlaydigan bolalar ham ajoyib formada bo'lishlari lozim”
09 noy 2019 00:44
Yangiliklar
Klopp: “Xot-dog tayyorlaydigan bolalar ham ajoyib formada bo'lishlari lozim”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Yakshanba kuni biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Stadiondagi hamma ajoyib formada bo'lishi kerak. Hattoki xot-dog sotadigan yigitchalar ham.
Hamma ilk soniyalardanoq o'yinga tayyor bo'lishi kerak. Stadionga imkon boricha ertaroq kelib, o'z o'rnini egallab, o'yin oldi mashg'ulotlarni kutib turishi kerak. Hammasi ko'tarinki ruhda bo'lishi lozim.
Men aynan shu narsani istayman. SHunday bo'lsa, biz bor emociyamizni o'yinga yo'naltiramiz. Keling chiroyli o'ynashni bizga qo'yib bering”, dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar