Klopp: “Sarri qisqa vaqt ichida betakror ishni amalga oshira oldi”
26 sen 2018 00:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455120_original.jpg)
![](/upload/storage/455120_220.jpg)
Klopp: “Sarri qisqa vaqt ichida betakror ishni amalga oshira oldi”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya liga kubogi doirasida jamoasining raqibi - “CHelsi” ustozi Mauricio Sarri haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Qisqa vaqt ichida “CHelsi”da ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirish, bu judayam qiyin ish. Sarrining uslubi boshqalarnikidan butkul farq qiladi. Men allaqachon bu murabbiyning muxlisiga aylanganman. Uning jamoasi ajoyib futbol namoyish etmoqda. U haqiqatan ham hurmatga loyiq murabbiyi.
“CHelsi”ni o'yinlarini kuzatish menga yoqadi. Odamlar ko'pincha “Manchester Siti”ning o'yini haqida gapirishadi. Ammo Sarri “CHelsi”da kuchli va ahil jamoani shakllantira oldi”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
“Liverpul”- “CHelsi” uchrashuvi bugun, 26 sentyabr kuni “Enfild” stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar