Klopp: "Salah haqidagi gaplar endi to'xtaydi deb umid qilaman"
25 okt 2018 20:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459684_original.jpg)
![](/upload/storage/459684_220.jpg)
Klopp: "Salah haqidagi gaplar endi to'xtaydi deb umid qilaman"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ECHL doirasida "Crvena Zvezda" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan so'ng dubl qilgan Muhammad Salah haqida gapirib o'tdi.
"Ajoyib! Endi Salahning mavsum boshidagi omadsizliklari haqida gapirishni to'xtatish mumkin.
Menda yoki uning o'zida shubhalanish bo'lmasligi mumkin. Lekin, bu haqda doim so'rayverishsa o'ylashni boshlaysiz.
Bu haqda doimo o'ylash kerak emas. Sen to'g'ri harakat qilsang, qattiq ishlasang gollar bo'ladi. Umid qilaman, Salah mana shunday ruxda davom etadi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar