Klopp "Real"ni ogohlantirdi

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 11:30
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi YCHL finalida raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsata olishiga ishonmoqda.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi YCHL finalida raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsata olishiga ishonmoqda.

"Raqiblar bizdan ko'ra tajribaliroq, bu fakt. Agarda tajribani ham sotishning imkoniyati bo'lganida, barcha bunga boy bo'lardi. Hayotda har doim tajriba asqotadi. Biroq g'alaba qozonish uchun bu kamlik qiladi.

Bizda ham tajriba bor. Ayni damdagi tarkib yig'ilganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Ammo oldimizda YCHLni yutish imkoniyati bor va bundan foydalanishni istaymiz.

"Liverpul" uchun ushbu final hayot-mamot jangi, bu esa "Real"ga ogohlantirish qo'ng'irog'i bo'lishi kerak", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru