Klopp: "Obameyangdan Afrika millatlar Kubogida ehtiyot bo'lishini so'radim"
17 okt 2014 11:15
Yangiliklar


Klopp: "Obameyangdan Afrika millatlar Kubogida ehtiyot bo'lishini so'radim"
Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustozi Yurgen Klopp, o'z jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang Gabon terma jamoasi safida Afrika millatlar Kubogida ishtirok etishidan havotirda.
Turnir Marokashda o'tishi rejalashtirilgan, ammo bu mamlakat futbol federaciyasi Ebola virusi tufayli musoboqani qoldirishni so'ramoqda. SHu sababli Afrika futbol konfederaciyasi ko'plab mamlakat federaciyalariga Marokashni o'rniga turnirni o'tkazishga tayyorligi haqida so'rov jo'natgan.
"Men bir narsani tushunmayapman, qanday qilib FIFA Afrikadagi kasallangan insonlar bir davlatdan ikkinchisiga bormasligiga ishonadi. Bu haqda ko'p o'yladim va Obameyyangdan zhtiyot bo'lishni so'radim" - deydi Klopp.

Fikrlar