Klopp: "Menga Ramosning so'zlari yoqmadi"

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 13:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida sodir bo'lgan vaziyatlarga izoh berdi.

Nemis mutaxassisining fikricha, hakamlar Muhammad Saloh va Loris Kariusga jarohat etkazgan Serxio Ramosni jiddiyroq jazolashi kerak edi.

"Yana shu haqida gaplashamizmi? Bunday narsalarni muhokama qilishni yoqtirmayman, biroq agar vaziyatlarni qayta ko'rib chiqsak, qoidabuzarlik juda qo'poldek tuyuladi.

Milorad Majich (Chempionlar ligasi finalini boshqargan hakam) jahon chempionati o'yinlarini boshqardi va bu final mundial uchrashuvlari fonida unutilib ketdi. Hozir bizning o'yinni kamchilik eslasa kerak. Ammo fikrimcha, bunday vaziyatlarda yaxshiroq hakamlik qilish kerak. Agar videoassistent tizimi bo'lsa, undan foydalanish kerak.

Kelajakda yana shunday vaziyatlar bo'lishini bilmayman, biroq Ramosning Loris Karius yuziga bergan zarbasini eslash mumkin. Bundan tashqari, Serxio Ramos kurash harakati bilan hujumchimizni to'xtatdi. "Real" shundan so'nggina g'alabaga erishdi.

Ramosning o'yindan keyingi gaplari yoqmadi. U ahamiyatli hech narsa sodir bo'lmaganini aytdi. Qanday qilib hech narsa bo'lmasligi mumkin? Bunday harakat qilish noto'g'ri" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com