Klopp: "Men uchun "Stok Siti"ga qarshi o'yin - mavsum uchrashuvi, final"
28 apr 2018 15:01
Yangiliklar


Klopp: "Men uchun "Stok Siti"ga qarshi o'yin - mavsum uchrashuvi, final"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Stok Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasi 36-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.
"Men faqat g'alaba haqida o'ylayapman. "Stok Siti" bilan holatimiz bir xil, ikki jamoa ham zafar quchishni istaydi. Men uchun bu mavsum uchrashuvi, final.
Futbolchilar sog' va o'yinga tayyor bo'lsa, qanday qilib 3-4 o'yinchiga dam berishimiz mumkin? Boshqa klubdagi odamlar nima deyishadi? Bizda o'z maqsadlarimiz bor. Minglab o'zgarishlar amalga oshira olmaymiz, chunki buning uchun imkoniyatimiz yo'q" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar