Klopp: "Liverpul"ning yana bir afsonasi klubni tark etdi"
27 iyu 2020 19:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583466_original.jpg)
![](/upload/storage/583466_220.jpg)
Klopp: "Liverpul"ning yana bir afsonasi klubni tark etdi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa himoyachisi Deyan Lovrenning "Zenit"ga transfer qilingani to'g'risida fikr bildirdi.
"Liverpul"ning yana bir afsonasi klubni tark etdi. Men jamoada ish boshlagan ilk kunimdan buyon Lovren eng muhim o'yinchilardan biri edi. Men "Borussiya"ni boshqargan paytimda "Liverpul" bilan mavsumlar oralig'ida o'ynagandik. O'shanda Deyan ikkinchi qavatda betakror o'yin ko'rsatdi. Men klubga kelib, himoyachilarni tanlash haqida o'ylar ekanman Lovrenning o'sha harakatlari yodimda edi. Evropa Ligasi 2015-16 yilgi mavsumida "Borussiya" (Dortmund) bilan chorak finalda to'qnash kelgan edik. Javob uchrashuvida (4:3) Lovren klub tarixidagi eng muhim gollardan birini urgandi. Betakror va unutilmas lahzalar.
Deyan sog'lom, yaxshi formada bo'lganida asosiy tarkibning bir bo'lagi edi. Ajoyib o'yinchi va ajoyib inson".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar