Klopp "Liverpul"ning keyingi murabbiyi haqida: "Jerrardni tanlagan bo'lardim"
24 sen 2019 20:00
Yangiliklar


Klopp "Liverpul"ning keyingi murabbiyi haqida: "Jerrardni tanlagan bo'lardim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp sobiq o'yinchi Stiven Jerrard undan so'ng klubni boshqarishi mumkinligini aytdi.
"Mendan keyin "Liverpul"ni kim boshqara oladi degan savolga, Stiven Jerrard deb javob bergan bo'lardim. Qo'limdan kelgan payt unga yordam beraman. Seni ishingdan olishsa, bunda ular aybdor emas, balki sen etarlicha ushbu ish uchun loyiq emassan. Kasbimga, ishimga barchasini berayotganimni tushunish uchun ancha kattaman. Mukammal emasman, biroq klubga 100% borimni beraman. Hasadgo'y emasman va shubhalanmayman ham. Yordamim kerak bo'lsa, yordam beraman", – deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar