Klopp: "Kutilmaganda hamkasbimga zarba berib yuborishim mumkin"
09 okt 2015 15:49
Yangiliklar


Klopp: "Kutilmaganda hamkasbimga zarba berib yuborishim mumkin"
"Ayni damda "Liverpul" jahonning eng yaxshi jamoasi emas. Hozir kim eng yaxshi bo'lishni istaydi? Biz erataga va indinga eng yaxshi jamoa bo'lishni xohlaymiz. SHartnomani imzolashdan oldin jamoani tashqaridan o'rganib chiqdim, meni qoniqtirdi. Menga Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni sotib olishlari kerak emas.
Qanday o'yin uslubini yoqtiraman? Jinnicha. Jahon darajasidagi jamoalar - "Bavariya", "Barselona", "Manchester Siti" va "Real" to'p bilan ko'proq egalik qilishga intiladi, ammo bu oson emas. Raqib senga ustunlikni berib qo'yib, himoyada kutmaydi.
Futbolchilar terma jamoadan qaytganidan so'ng, kelasi haftada mashg'ulotlarni boshlaymiz. Men maydonda tezlikni ko'rishni istayman, ammo birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynayotganimizni hisobga olish lozim.
Angliya chempionatiga ko'nikishim kerak. Balki kerak emasdir, chunki Angliyaning mahalliy jamoalariga qarshi o'yinlarda tajribam bor. Murabbiylar o'rindiqlari juda yaqin joylashgan va kutilmaganda hamkasbimga zarba berib yuborishim mumkin. Bazida o'zimni boshqara olmay qolaman" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar