Klopp koronavirus, APL to'xtashi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020, 20:48
“Liverpul” ustozi koronavirus bilan bog'liq holatga to'xtaldi.

Xorij matbuotining xabar berishicha, Britaniya hukumati mazkur kasallik tufayli barcha sport tadbirlari, shuningdek, Angliya Premer-ligasini to'xtatishni rejalashtirmoqda.

“Bu jiddiy, lekin aqldan ozish ham shart emas. O'ylaymanki, ma'lum shaxslar bunga chek qo'yishlari mumkin. 

Vakcina topilmagan, ammo ehtiyot choralari odatdagi gripp kabi ko'rilmoqda. Futbolchilarimizga bir-biriga qo'l berib ko'rishishini bekor qilmaganmiz. Yaxshiyamki, bizga hozircha futbol o'ynashni taqiqlashmadi. 

Ish kunimiz odatdagidek rejimda o'tmoqda. Vaximaga chalg'imaslik zarur. Sayyorada mazkur muammo tufayli Angliyadan ko'ra ko'proq bosh og'rig'iga uchrayotgan mintaqalar bor”, deya fikrini yakunlagan Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As