Klopp: "Darvin Nunes bizning tizimda chap qanotni himoya qilishi kerak"
12 noy 2022 23:50
Yangiliklar


Klopp: "Darvin Nunes bizning tizimda chap qanotni himoya qilishi kerak"
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "Sautgempton" bilan bo'lgan o'yin (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Biz "Sautgempton" istamagan barcha ishlarni bajara oldik. Saloh va Darvinning tezligini ishga soldik.
Biz o'ynayotgan tizimda Nunes chap qanotni himoya qilishi kerak. U hujumda ham ajoyib harakat qildi. Biroq ikkinchi bo'limda etarlicha hujum qila olmadik deb o'ylayman.
Bugun birinchi marta o'yinni tribunadan tomosha qildim. Menga o'yinni bu erdan ko'rish yoqmadi" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 1

Fikrlar