Klopp: "Bu qiyin davrdan birgalikda chiqib olishimiz kerak"
09 fev 2021 01:30
Yangiliklar


Klopp: "Bu qiyin davrdan birgalikda chiqib olishimiz kerak"
"Bu juda qiyin davr. Biz uchun juda og'ir vaqtlar. Biz xarakter ko'rsatishimiz kerak. Muxlislar bizni qo'llab tursa, futbolchilar ham xursand bo'lishadi.
"Manchester Siti"ga qarshi o'yinimizga etibor bering. Siz bunda g'alabalarga erisha oladigan "Liverpul"ni ko'rdingizmi? Bilmadim...
Bu holatga panja ortidan qarab bo'lmaydi. Bu biz uchun juda ham og'riqli. So'nggi bir necha haftalarda ko'plab zarbalarni qabul qilib oldik. Biroq barchasi o'zgarishiga aminman. Agarda sizlar chinakamiga bardam bo'lsangiz, bu og'ir davrdan birgalikda chiqib ketamiz.
"Siti" bilan o'yinda ko'plab yaxshi jihatlarimizni ko'rdim. Ularni qayta va qayta ko'rsata olamiz. Bizga to'liq mashg'ulot haftasi berilsa, bu holatlarni ko'rib chiqa olamiz", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar