Klopp: "Borussiya D" qiyin vaziyatga tushib qoldi"
27 okt 2014 22:52
Yangiliklar


Klopp: "Borussiya D" qiyin vaziyatga tushib qoldi"
"Borussiya D" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi ushbu mavsumda inqirozni boshidan o'tkazayotganini aytib o'tdi.
Uchrashuvlarni yutqazib qo'yish qo'rquvi bor bizda. Bazida esa o'yindan-o'yinga tiklanish jarayoni qiyin kechmoqda. Lekin biz ishlashda davom etishimiz zarur. Ertaga Germaniya kubogi doirasida o'z o'yinimizni o'tkazishimiz lozim. Qiyin vaziyatga tushib qolganimizga qaramay o'z ishimizni davom ettirmoqchimiz. Germaniya kubogi darajasi shu qadar yuqoriki, bittagina xato bizga qimmatga tushishi mumkin. Ayrim futbolchilarimiz jarohatlari hali ham bezovta qilmoqda. Lekin yangi jarohatlangan futbolchilar yo'q.

Fikrlar