Klopp: "Ajoyib futbol, chiroyli gollar va paslar. Bu menga juda ham yoqdi"
05 dek 2019 19:58
Yangiliklar


Klopp: "Ajoyib futbol, chiroyli gollar va paslar. Bu menga juda ham yoqdi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 15-turidan o'rin olgan "Everton"ga qarshi bahs haqida gapirdi.
"Barcha gollar chiroyli bo'ldi. CHiroyli gollar, ajoyib paslar, futboldagi barcha yoqimli vaziyatlar. Bu menga juda ham yoqdi.
Bizga charchamagan oyoqlar kerak edi. Jamoadagi boshqa yigitlarga ham o'zlarini ko'rsatishi uchun imkoniyat berishim kerak bo'lgan. Yigitlarning barchasi o'yinga tayyor bo'lsa, o'zgarishlar qilish oson bo'ladi.
Birinchi mavsumimdagi derbida Divok jarohat olgani men uchun og'ir holat bo'lgandi. Bu uning hayotini ham anchagina o'zgartirib yubordi", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar