Klaudio Raneri: "Roma" maqsadga intilish va taktika borasida ko'p ishlashi kerak" Yangiliklar

Klaudio Raneri: "Roma" maqsadga intilish va taktika borasida ko'p ishlashi kerak"

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriya doirasida SPALga qarshi o'yindan keyin (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz, raqibdan farqli o'laroq, jamoaviy o'yin ko'rsatmadik. O'yin tashkil etmasdan turib, futbol o'ynash etarli emas. Biz har jabhada yutqazdik. O'yinchilarning ishtiyoqi ko'zidan sezilib turdi. Yakunda SPAL ikkinchi bo'limda vaqtni cho'zishga harakat qildi va men ularni tushunaman. Bazi futbolchilarda ishonch etishmayapti, SPALda esa maqsadga intilish ko'rindi. Biz taktik va gol urish uchun harakatimiz ustida ishlashimiz kerak", - deydi Raneri.

Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyada 28 turdan so'ng 5-o'rinni egallab turibdi. ECHLda "Portu" ekstra taymlardagi goli evaziga "bo'rilar"ni musobaqadan chiqarib yubordi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика