Klaudio Raneri kechagi uchrashuvda nega asosiy tarkibda o'zgarishlar qilganini tushuntirib berdi
03 fev 09:45
Yangiliklar
Klaudio Raneri kechagi uchrashuvda nega asosiy tarkibda o'zgarishlar qilganini tushuntirib berdi
«Jamoa maydonda tartibni saqlashga harakat qildi. Ikki kundan keyin yana o'ynashimiz kerak va bazi futbolchilar bunga tayyor bo'lmaydi. CHunki ularda charchoq bo'ladi.
Futbolchilarning barchasi mashg'ulotlarda 100 foiz ishlashmoqda. Bugungi bahsda men avvalgi uchrashuvga nisbatan oltita o'zgarish qildim. Men uchun bu to'g'ri qaror bo'ldi. «Napoli» futbolchilarida charchoq sezilganidan so'ng men yangi kuchlarni tushirdim.
Bularning barchasi hisob-kitob qilingan. Barcha futbolchi maydonda borini berishga harakat qilmoqda. Har bir futbolchini kuchli tomonidan foydalanishimiz kerak.
Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi, biz o'yindan o'yinga ochilib bormoqdamiz.
Jamoani qishda kimdir tark etadimi? Yo'q! Tarkibdagilarning barchasi «Roma»da ekanligidan baxtli», — deb fikr bildirdi rimliklar ustozi.
Fikrlar
Шомуроди Бундай ойин билан нафақат Ромада балким Италияда қолиш имконияти пасайиб кетади.