Klaas-Yan Xuntelaar: "Maydonga qaytishimni gol bilan nishonlaganim yaxshi bo'ldi"
27 jan 2014 15:42
Yangiliklar


Klaas-Yan Xuntelaar: "Maydonga qaytishimni gol bilan nishonlaganim yaxshi bo'ldi"
"SHalke"ning gollandiyalik hujumchisi Klaas-Yan Xuntelaar 5 oylik tanaffusdan so'ng "Gamburg"ga qarshi o'yinda (3:0) maydonga qaytdi va gol urdi.
"Maydonga qaytishimni gol bilan nishonlaganimdan xursandman. Butun o'yin davomida jamoam ustunlikka ega bo'ldi. O'ylashimcha, sheriklarim bilan birga CHempionlar ligasiga yo'llanma olishga qurbimiz etadi", – deydi Xundelaar Reuters axborot agentligiga.

Fikrlar