So’nggi yangiliklar

19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11

"K.K 26" Akciyada hozircha 10 000 000 so'm yig'ildi Yangiliklar

"K.K 26" Akciyada hozircha 10 000 000 so'm yig'ildi

So'z boshida "Olmaliq", "Qo'qon-1912" jamoalariga rahmat aytamiz.
Sayt o'quvchilaridan esa "tahlil_va_tanqid", Odil aka SHaripov, SHuhrat Samandarov, Dilshod, va Jahongir akciyaga o'z ulushlarini qo'shdilar.

Ko'plab klublarimiz o'z saytlarida akciyada ishtirok etishlarini bildirishdi-yu, ammo amalda hali buni ko'rmayapmiz. "Lokomotiv" va "Nasaf" futbolchilari akciya avvalidanoq o'z ulushlarini qo'shib bo'lgan edilar. Asosiy maqsad Kenjaev uchun Qarshi markazida ikki xonalik kvartira uchun pul yig'ish. Ikki xonalik uyning narxi 90 000 000 so'm atrofida ekan. Hozircha 10 000 000 so'm pul yig'ildi. Bu borada Odil Ahmedov va Igor SHkviringa katta rahmat aytamiz.

SHkvirin nafaqat o'zi, balki murabbiylar shtabi tomonidan ham o'z hissasini qo'shdi va jamoasi futbolchilarini ham bu ishga chorladi. "Olmaliq" futbolchilari Toshkentda bo'lib o'tadigan tadbirda qatnashishlarini aytib o'tishdi.

Bu akciyadagi pullarning bir so'mi ham bizga kelib tushmaydi, shuning uchun har bir futbolchiga birma-bir borib pul so'ray olmaymiz. O'zbekiston futbolidagi deyarli barcha bu akciya haqida biladi, iltimos beetibor bo'lmang. Agar bu futbolchi 30 yoshga yaqinlashib falokatga uchraganida, shu kungacha pul yig'ib qo'ygan deb kuyib-pishmasdik, ammo o'sha paytning grandi bo'lgan "Paxtakor"ga rad javobini berib, faqat "Nasaf" degan bola hali qo'liga katta pul ushlashga ulgurmagan edi.

Oliy ligadan kerakli pulni yig'a olmaydigan ko'rinamiz, umidimiz legionerlardan. Hozircha ular akciyada jiddiy qatnashishlarini aytishdi. Ularning kelishini kutyapmiz.

Ayni paytga kelib 10 000 000 so'mga yaqin pul yig'ildi. "Gaz"ni bosishimiz kerak azizlar, "gaz"ni!

Birinchi tadbir 22 noyabr kuni Qarshidagi "Geolog" zalida bo'lib o'tadi. 14:00da boshlanadigan futbol shouda ishtirok eting va xayriya qiling.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика