Kissling: "Ko'pchilik meni yolg'onchiga chiqaryapti va bundan oilam jabr chekyapti"
31 okt 2013 15:51
Yangiliklar

Kissling: "Ko'pchilik meni yolg'onchiga chiqaryapti va bundan oilam jabr chekyapti"
"Bayer" hujumchisi SHtefan Kisslingga shu kunlarda oson bo'lmayapti, deb yozmoqda nemis matbuoti.
Germaniya chempionati 9-turida "Xoffenxaym" darvozasiga kiritilgan antiqa goli haqida eslataverishlari futbolchiga tinchlik bermayapti.
Esinggizda bo'lsa, o'sha vaziyatda u burchakdan uzatilgan to'pni darvoza tomon boshi bilan to'g'rilab yuborgan, biroq to'p darvoza to'rining yon tomonidagi teshigidan o'tib, ichkariga borib tushgandi. Bosh hakam Feliks Brix yon hakam va Kissling bilan maslahatlashib, golni inobatga olgandi.
"Bo'lib o'tgan ishlar meni bezovta qilyapti. Eng avvalo, bundan mening oilam aziyat chekyapti. Men ehtiyotkor bo'lishi kerak buyog'iga. CHunki meni oldinda nima kutayotgani va bularnig barchasi qachon tugashini bilmayman. Ko'pchilik meni yolg'onchiga chiqarib qo'ymoqda", dedi Kissling.

Fikrlar