Kin kechikkani sabab "Yuventus"ning "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan chetlatildi
08 avg 2022 15:15
Yangiliklar
Kin kechikkani sabab "Yuventus"ning "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan chetlatildi
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin "Atletiko" (0:4)ga qarshi o'rtoqlik o'yiniga kechikkani uchun chetlatildi.
Italiyalik forvard o'yinga kechikib keldi va buning natijasida tarkibdan chetlatildi. Ispan klubiga qarshi o'yinda uning o'rnini argentinalik Matias Soule egalladi.
22 yoshli Kin o'tgan mavsum "Yuventus" safida A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Klub forvardni xarid qilish sharti bilan 2023 yilgacha ijaraga olgan.
Fikrlar