Kin braziliyaliklarning raqsi haqida: "Bu raqibga nisbatan hurmatsizlik"
06 dek 2022 11:22
Yangiliklar
Kin braziliyaliklarning raqsi haqida: "Bu raqibga nisbatan hurmatsizlik"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin braziliyalik futbolchilarning raqsga tushayotgani xususida keskin fikrlarni bildirdi.
5 dekabr kuni Tite shogirdlari JCH nimchorak finalida Janubiy Koreyani yirik hisobda (4:1) mag'lub etishdi.
"Ko'zlarimga ishonmayapman. Hech qachon bunchalik ko'p raqslarni ko'rmaganman. "Yulduzlar bilan raqs" shousini tomosha qilayotgandekmiz. Men bu madaniyatning bir qismi ekanligini tushunaman, lekin bu raqiblarga nisbatan hurmatsizlikdir. To'rtta gol urib, har safar raqsga tushishyapti. Bir marta bo'lsa qarshi emasman, lekin ular qayta-qayta raqsga tushishyapti va murabbiy ham bunga qo'shilmoqda. Bundan hayratda emasman, bu yaxshi emas", – dedi Kin.
Janubiy Koreyaga qarshi bahsda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Risharlison tomonidan kiritilgan uchinchi to'pdan keyin futbolchilar bilan raqsga tushdi.
Braziliya chorak finalda Xorvatiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar