Kimmix "Barselona"ga o'tmoqchi
16 dek 2023 18:19
Yangiliklar
Kimmix "Barselona"ga o'tmoqchi
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Joshua Kimmix o'z agentini ishdan bo'shatdi va uning "Barselona"ga o'tishiga yordam beradigan yangi vakil qidirmoqda.
Futbolchining fikricha, 2024 yilning yozi – Myunxen klubini tark etish uchun ideal vaqt.
Eslatib o'tamiz, Kimmix "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Klub 28 yoshli yarim himoyachini sotishga tayyor.
Kimmix "Bavariya"da 2015 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning kelishuvi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali nemis futbolchisini 75 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar