So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  19 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  2 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Ulug'bek Baqoev: "Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o'sha futbolchi uchun xursand bo'laman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o'sha futbolchi uchun xursand bo'laman"

Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finalida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Kubok o'yini bo'lgani bois sizda faqat bitta imkoniyat bo'ladi. To'g'risini aytsam, o'yin oldidan hayajon bor edi. Yigitlarga samarali hatakatlarni amalga oshirganliklari va g'alaba uchun rahmat aytaman. "Lokomotiv" penaltidan gol urganida o'yin taqdiri o'zgarib ketgan bo'lardi. Bu ruhiy tarafdan ham o'z tasirini ko'rsatdi deb o'ylayman. "Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi o'yindirki oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yubormoqda, albatta, bu psixologik jihatdan qiyin. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Kubok o'yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Bugun shu sezildimi?

-  Yo'q, bugun farq sezilmadi. Bir-biriga munosib jamoalar o'yin o'tkazishdi. Esingizda bo'lsa, chempionatda 0:0 o'ynagan edik. O'shanda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Bugun ham shunday bo'ldi. O'yin teng kurashlar ostida kechdi.

- "So'g'diyona"ning O'zbekiston kubogidagi maqsadi?

- Maqsadimiz – imkon qadar oxirigacha borish. 

- Javohir Qahramonovning o'yini haqida qanday fikrdasiz? Umuman olganda, "So'g'diyona"ning qaysi o'yinchilarini terma jamoa darajasida deb aytolasiz?

- Bilasizmi, kimnidir maqtash yoki erga urish niyatim yo'q. Men uchun hamma bir xil. Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o'sha futbolchi uchun xursand bo'laman. Futbolchilarimiz terma jamoada munosib o'yin ko'rsatishlari uchun ular bilan astoydil ishlashga urinamiz.

- CHorak finalda "Nasaf" raqiblik qiladi. Qanday o'yin kutyapsiz?

- Keyingi o'yinimiz "Qizilqum" bilan bo'ladi. Avval o'sha o'yinga tayyorlanamiz, keyin boshqa o'yinlarga.

- O'yin paytida qo'shimcha bo'limlarga tayyor turganmidingiz?

- Ha, o'yin vaqtida ham, o'yingacha ham bunga tayyor turgandik.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика