So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  3 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  14 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

Kim kuchli: MSNyoki BBC? Yangiliklar

Kim kuchli: MSNyoki BBC?

Barselona jangovar uchligining bir yil davomida urgan gollari 100tadan oshib ketib, Real Beyl hamda Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolagach, La liganing eng kuchli hujumchilar triosini aniqlashga qaror qilishdi.


Hozirgi holat - Barselona g'alabasi

Bu natija qandaydir hazildek tuyulishi mumkin. Ronaldu, Beyl va Benzemadan tashkil topgan Real triosining joriy mavsumdagi mahsuldorligi birgina Fyodor Smolovning Krasnodar safida urgan gollaridan ozroq. Barsaning nomdor uchligi - MSN esa joriy mavsumda 11ta emas, 27ta gol urdi. Ularning necha marta maydonga tushganliklariga kelsak,  kataloniyaliklar uchligi 31, madridliklar esa 27 uchrashuvda gol urishga urinib ko'rishgan. Samaradorlik borasida Kataloniya klubi ustun ekanligini samarali uzatmalar soni ham ko'rsatib turibdi - 16ga qarshi 7ta. Benzema va Ronalduning sport formasi talab darjasida emas, Luis Enrikening uchligi esa Gvardioladek sobiq ustozini ham ayab o'tirmadi.

Samaradorlik - ustunlik Barsada

Bu boradagi hisob-kitoblarni Suares Kataloniya grandi safiga qo'shilganidan keyingi mavsumlar asosida olib borishga majburmiz. Demak, 2,5 yil diskvalifikaciyani hisobga olsak, undan ham ozroq muddat. Tahlillardan malum bo'lishicha, blaugranas hujumchilari qirollik klubidagi kasbdoshlaridan ko'ra saxiyroq ekanlar. Yangi mavsumda MSNning samarali uzatmalari ham VVSnikidan ikki marta ko'proq. Garchi Ronaldu shaxsiy ko'rsatkichlar bo'yicha Neymardan oldinda yurgan bo'lsada, Real hujumchilari o'rtasidagi inoqlik Barsadagidek emas. Jamoalar hisobidagi o'yinlar soni turlicha bo'lgani bois, o'rtacha ko'rsatkichlarga etibor qaratamiz. Xullas, kataloniyaliklar samaradorligi har bir o'yin­da 0,84, poytaxtliklarda esa 0,72 foizga teng. Samarali uzatmalar borasidagi ko'rsatkich mos ravishda 0,41 va 0,3ni tashkil etmoqda. Raqamlar aldamaydi - ustunlik Barsa tomonida.

Sovrin va unvonlar - Barsaning g'alabasi - 10-6

Individual sovrinlardan boshlasak, Suares Barsa tarkibida ham Oltin butsani qo'lga kiritdi. Ronaldu ham Luis Ispaniyaga kelganidan keyin bir marta bu sovringa sazovor bo'ldi. Oltin to'p borasida tenglik - Ronaldu va Messida bittadan. Lekin Real uchligining La ligadagi natijalari o'ta kamtarona, Suares va uning sheriklari esa barcha musobaqalarda samarali to'p surishmoqda. Taajjubki, APLning eng yaxshi futbolchisini tarkibga qo'shib olganidan keyin qirollik klubida g'alabalar soni kamayib ketdi. VVS hisobida 4ta xalqaro sovrinlar mavjud, MSNda esa shuncha yutuqdan tashqari, 2ta Oltin dubl ham bor.

Moliyaviy muvaffaqiyat - Real ustunroq

Neymar va Beylning yangi shartnomalarini inobatga olsak, bu ikki grand o'z hujumchilariga yanada ko'proq haq berishga qodirlar. Lekin ularning moliyaviy qudratiga baho berish uchun uchliklar daromadini hisoblash kerak. Bu borada Barsa triosi 136 mln. VVS esa 139 mln. pul ishlagan. Bunda Ronalduning yirik homiylik shartnomalari hal qiluvchi rol o'ynadi.

Ijtimoiy sarmoyalar - Barsaning g'alabasi

Translyaciya borasida triolar deyarli bir xil auditoriyaga egalar. Insta­gramda madridlik uchlikni kuzatadigan mijozlar soni Barsadagidan 16,4 mln.ga kamroq - 135,3ga qarshi 118,9 mln. Tvitter bo'yicha taqqoslashning iloji yo'q. CHunki Messi o'quvchi, yozuvchi emas - o'zining rasmiy sahifasini ochmagan. Feysbuk bo'yicha qiyoslashlar Barsaning ustunligini tasdiqlaydi.

Triolardagi inoqlik -Barsada

Izzattalab Ronalduning Benzema va Beyl oldidagi  hurmatidan ko'ra, Mesining Neymar va Suares oldidagi nufuzi yuqoriroq. Messi tashqi ko'rinishini o'ztartirishi bilan sheriklari ham shunday qilishdi. Beylning qanday imijda ekanligi esa Ronaldu va Benzemani umuman qiziqtirmaydi. Krishtianu, Karim va Garet o'zaro inoq emasliklarini yashirishmaydi. Messi, Neymar va Suares esa aksincha, qalin do'st ekanliklarini.

Nufuz va munosabat - durang

Luis Barselonaga kelgach, raqiblarini tishlab olish odatini tashladi. Aytishlaricha, shartnomada bu borada qayd mavjud. Ronaldu ham o'zgalar g'azabini qo'zg'atishga juda usta. Bundan tashqari, nufuzi ham ko'ngildagidek emas. O'zini oqlash uchun turli xayrli ishlarni amalga oshirayotgani - uning ijobiy tomoni. Neymar bilan Messini soliqqa oid mojarolar o'z qariga olgan. Benzema esa Valbuena tufayli sudma-sud chopishga majbur bo'ldi. Triolar ichida birgina Beylni yaxshi bola deyish mumkin. Xullas, bu masalada tomonlar natijalari deyarli bir xil.

O'quvchilar nuqtai nazari - MSNmi yoki VVS?

Ikkita mashhur trioga oid ko'rsatkichlar va xislatlarni baholi qudrat yoritdik. qiziq, Realning ustunligi qayd etilgan bandning ahamiyati gollar, uzatma va sovrinlar ahamiyatidan muhimroq deydigan muxlislar bormikan? MSN uchligini VVSdan ustunroq qo'yadigan muxlisni Real fanatlari orasidan topish mumkinmi? Bunisi yanada qiziqroq. So'nggi fikrni bildirish muxlislar zimmasida. Ular Ispaniyaning, ehtimol, jahonning eng kuchli triosini aniqlab berishadi. Avvaldan ogohlantirib qo'yaylik, bu masalada Diego Maradonaning ayyorligidan foydalanish taqiqlanadi. Kim kuchliroq? degan savolga qirol shunday javob bergandi: Messi Ronaldudan kuchliroq... va aksincha! qani ko'raylik-chi, yakuniy natijalar qanday bo'larkin?

JAHONGIR MIRZO tayyorladi

Reyting: -41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика