So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Kim kelsa ham tezroq kelsin... Yangiliklar

Kim kelsa ham tezroq kelsin...

Sal avvalroq O'FF sayti milliy terma jamoamizni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatini malum qildi.

Ro'yxatdan o'rin olgan murabbiylarning hammasi xorijlik. Bu kundek ravshan, negaki terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi xorijlik mutaxassis bo'ladi. 

Kengaytirilgan ro'yxatdan Dan Petrusku (Ruminiya), Slavolyub Muslin (Serbiya), Miodrag Radulovich (CHernogoriya), Andjelio Alessio (Italiya), Bernd SHtork (Germaniya), Branko Ivankovich (Xorvatiya), Slaven Bilich (Xorvatiya), Valter Maccari (Italiya), Bert van Marveyk (Gollandiya) kabilar o'rin olgan. 

Ushbu xabar vaqtida chiqqani yaxshi bo'ldi, negaki ko'pchilik ishqibozlar tomonidan terma jamoamiz bosh murabbiyi masalasi nima bo'ldi, o'zi nomzodlar bormi kabi savollar tinmay yangrayotgandi. SHunday ekan, endi bemalol aytsak bo'ladi, har holda nomzodlar bor, endi gap bosh murabbiyni aniqlab olishda.

Terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi aynan shu ro'yxatdagilardan biri bo'ladimi yoki umuman boshqa odammi, bu haqda bir narsa deyish qiyin. CHunki futbolda istalgan voqea yuz berib qolishi mumkin. Balki ro'yxatda bo'lmagan umuman boshqa shaxs terma jamoamizni boshqarishi mumkin. 

Bizni esa yanada ko'proq qiziqtirayotgan masala shu: kim bo'lsa ham tezroq kela qolsa yaxshi. Ammo gap bu erda shoshma-shosharlikka yo'l qo'yib, duch kelgan murabbiyni olib kelish haqida ketmayapti. Faqat yangi murabbiy yil oxirigacha aniq bo'lsa yaxshi bo'lardi. 

CHunki mavsum tugayapti va dekabr oyida to'liq keyingi yil rejasini ishlab chiqish lozim bo'ladi. Taqvim tuzilayotganda esa bosh murabbiy ham shu erda bo'lgani maqul. U taqvim bilan tanishadi, FIFA kunlariga qaraydi, terma jamoamizning Osiyo chempionatigacha tayyorgarlik rejasini belgilab chiqadi. 

O'FF bosh murabbiysiz ham keyingi yil taqvimini tuzadi, lekin murabbiy keyinroq tayinlansa balki unga qaysidir kun kerak bo'lib qolishi mumkin, bu esa oliy liga taqvimida yana o'zgarish bo'lishiga sabab bo'ladi. SHu bois biz xohlardikki, O'FF tezroq birorta murabbiy bilan shartnoma imzolab, 2018 yil taqvimini va tayyorgarlik rejalarini birgalikda tuzib chiqsa. 

Yangi murabbiy uchun jamoaning Osiyo Kubogiga hozirlik jarayonini belgilangan tartib asosida tuzib chiqish birlamchi ish hisoblanadi. Bu tarkib va taktikani aniqlab olishdan ham muhim. O'FF aynan kimni olib kelishi hozircha malum emas. Faqat O'FF o'z talablariga mos keladigan murabbiyni qidirayotganini bilamiz. 

O'FFning talablari qanday bilmadi-gu, lekin muxlislar talabi kundek ravshan: kelasi yil BAAda o'tkaziladigan Osiyo Kubogida kamida yarim finalga qadar etib borib, hech bo'lmaganda uchinchi o'rin bilan qaytish. 2022 yilgi jahon chempionatigacha hali ancha vaqt bor, shu bois futbolda birdaniga oldinga katta sakrash qilmasdan har bir ishni bosqichma-bosqich amalga oshirgan maqul.

Reyting: -129   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика