So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Kim aybdor? Yangiliklar

Kim aybdor?

Yangi mavsum oldidan "Nasaf"ning bir qator etakchi futbolchilari "Paxtakor" azosiga aylanishdi.

Yozda "Paxtakor" "Nasaf"dan Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamovni transferini sotib olgan bo'lsa, qishda qolgan to'rt nafar futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oldi.

Aslida "Paxtakor" yozdayoq Farruh Sayfiev, Bahrom Abduraximovni sotib olishni istagandi.
Biroq "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bir vaqtning o'zida to'rt nafar etakchilarini qo'yib yuborishni istamadi va Sayfiev hamda Abduraximovni olib qolishni rahbariyatdan so'ragandi.

Yakunda esa bu qaror o'zini oqladi, deyishga to'la asosimiz bor. CHunki "Nasaf" garchi ikki nafar etakchilarini sotib yuborgan bo'lsada, Berdiev olib qolishni istagan futbolchilar bilan kumush medallarga ega chiqdi.

Qishda esa bu futbolchilar erkin agent sifatida "Paxtakor"ga o'tib ketganiga bosh murabbiyning hecham aybi yo'q.
Berdiev o'zi xohlagan futbolchilarni yozda jamoada qoldirdi va natija hammaga malum. Yani o'z ishini yaxshi uddaladi.

Bu vaqt ichida esa "Nasaf" rahbariyati nima qildi, selekciya ishlariga javobgar bo'lgan sport direktori qaerga qaradi, bu javobi yo'q savollar.

Eng qizig'i, "Paxtakor" klubi yozdayoq qaysi futbolchilarga qiziqish bildirayotganini "Nasaf"dagilar yaxshi bilishardi.

Masalan Abduraximov, Sayfiev yoki SHorahmedov bilan o'shandayoq shartnomani uzaytirish uchun ularda imkoniyat ko'proq edi. CHunki bu futbolchilar qishgacha "Nasaf" ixtiyorida, klub qarorgohida bo'lishdi.

SHu vaqt mobaynida ushbu futbolchilar bilan muzokara o'tkazishga vaqt etarlicha topilardi. Ammo bu ish amalga oshmadi.

Agarda rahbariyat Sayfiev, Abduraximov yoki SHorahmedov bilan shartnomani uzaytirishni uddalaganda, balki ushbu etakchilar "ajdarlar" safida qolishardi. Yoki "Nasaf" bu futbolchilarning transferidan qishda ham mo'maygina daromad ishlab olardi.

Klub menejeri SHamil Yarulin va sport direktori Vitaliy Ni o'z funkciyalarini kerakli paytda bajarishmagani yakunda "Nasaf"ga qimmatga tushmoqda.

Yil tugadi, barcha jamoalar yangi mavsumga taraddud ko'rishni boshladi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan klublarning yangi mavsum rejasi, dasturi ham tayyor.

Ammo "Nasaf"da yangi yilga qadar hali hech nima malum emasdi. Qaerda yig'in o'tkazadi, kimlar jamoada qoladi va kimlar keladi.
Bu narsalar yil yakunlanayotgan pallalagacha nomalum edi.
Savollarning barchasi klub rahbariyati, menejer va sport direktoriga taaluqli.
Ular nega uyquda? Qani dastur, qani reja, qani selekciya?


Endi muxlislarni juda qiziqtiradigan yana bir savolga ham aynan mana shu mavzu orqali javob bersa bo'ladi.

Ko'pchilikni "Nasaf" nega chempion bo'lolmasligi qiziqtiradi.
"Nasaf" byudjet bo'yicha O'zbekistonda eng etakchi jamoalar qatorida turadi. Faqat ushbu pullarni qachon va qanday ishlatishni biladigan menejer jamoa kelajagi o'ylab ish tutishi kerak.

Vaqtida O'zbekistondagi eng kuchli menejerlardan biri bo'lgan Bahrom Davlatov "Nasaf"da ishlagan va klub poydevorini yaratgandi. Klub qanday ishlashi va ishga professional yondoshuvni aynan Davlatov "Nasaf"da joriy qilgandi. O'sha paytlari jamoa etakchilari bilan ko'p yillik bitimlar imzolanardi.

Ammo so'nggi yillarda "Nasaf"da jamoa kelajagi uchun tuziladigan shartnomalar yo'qoldi. Yani etakchilar bilan ham 1 yillik bitim tuzilmoqda. Grand jamoa deya etirof etiladigan "Nasaf"dek klub futbolchilar bilan bor-yo'g'i 1 yillik shartnoma tuzadi.

Bu ham mayli, futbolchilar bilan shartnomani yangilashni esa klub rahbariyati yil yakunlariga bag'ishlangan yangi yil bazmi, yani banketdan keyin amalga oshirishni odat qildi.

Buning natijasida futbolchilar shartnomalari yakuniga 6 oy vaqt qolganida boshqa jamoalar taklifini o'rganib chiqishdi, maqul kelsa esa o'sha chorlovni qabul qilishdi. Bu futbolda bo'ladigan tabiiy jarayon. CHunki "Nasaf" klubi rahbariyati dekabr yakuniga qadar yangi shartnoma borasida aniq va dangal taklif bilan muzokara o'tkazmaydi.

"Lokomotiv", "Bunyodkor" yoki "Paxtakor" allaqachon futbolchilar bilan ko'p yillik shartnomalar imzolashni yo'lga qo'ygan. CHunki ularda kelajak uchun reja va o'z oldiga qo'yilgan oliy maqsad bor.

Demoqchi bo'lganim, "Nasaf"ni yangi mavsum oldidan bir qator etakchi futbolchilar tark etganiga klub menejeri va sport direktori javobgar, yani aybdor.

Ayb na futbolchilarda, va na bosh murabbiyda.

"Nasaf"ni etakchilar har mavsumda va har mavsum o'rtasida tark etishi odat to'siga aylanganini ham unutmaslik kerak. Bu so'nggi yillarga kelib yanada avj olmoqda.
Avvaliga Gevorkyan, Boydullaev ketdi. Keyin Muhammadiev, Azamov, Suyunov. Endi Sayfiev, Abduraximov, SHorahmedov. Ro'yxat kamaymayapti, aksincha ko'payib bormoqda. Juda g'alati.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Nasaf"ning qator etakchilari boshqa jamoaga, aniqrog'i "Paxtakor"ga o'tib ketishiga kim aybdor? Yana menejer va sport direktoriga murojaat qilishga to'g'ri keladi.

"Paxtakor" esa erkin agent maqomidagi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi bu "Nasaf"ni kuchsizlantirish uchun qilingan ish emas, balki tarkibni raqobatbardoshligini oshirish, zaxirani kengaytirish maqsadida amalga oshirildi.

SHunchaki "Nasaf"dagi selekciya ishlarining no'noqligi "Paxtakor"ga qo'l keldi.

Yarulin va Ni o'z funkciyalarini bajarishni unutgan payt, Adisman hamda Irismetov transfer bozorida eng uddaburon mijozga aylanishdi.

Ayni paytda "Nasaf" tarkib etibori bilan deyarli butkul yangilanmoqda. Ro'ziqul Berdiev zimmasiga yana yangi jamoani qurish vazifasi yuklanadi. Boshqa chora yo'q.

Malumotlarga ko'ra, "Nasaf" klubida ham yangi prezident ish boshlash arafasida. Demak "Nasaf"da nafaqat tarkib, balki prezident ham yangilanmoqda.
Yangi mavsum oldidan yangi prezident klub tizimida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni ham inobatga olib ish tutsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Balki shundan keyin yangilanayotgan "Nasaf" chempionlik uchun haqiqatdan ham kurashadigan hamda o'z oldiga chempionlikni maqsad va vazifa qiladigan grand jamoaga aylanarmidi.

CHunki "Nasaf"da maqsad va vazifani aniq belgilab olinsa bo'lgani, qolgani uchun sharoitlar etarli.

Muallif :
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика