Kibersport (CS GO). Bugun tarkibida o'zbekistonlik bo'lgan Virtus.pro francuzlarga qarshi o'ynaydi
01 apr 2020 14:04
Yangiliklar
Kibersport (CS GO). Bugun tarkibida o'zbekistonlik bo'lgan Virtus.pro francuzlarga qarshi o'ynaydi
Koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli barcha mamlakatlarda sport musobaqalari to'xtatilgan.
Ammo bu virus kibersport musobaqalariga jiddiy tasir ko'rsatmadi. Ayni damda CS GO (Counter-strike Global Offensive) bo'yicha ESL tomonidan o'tkazilayotgan Pro Liganing 11-mavsumida Qozog'istonning Virtus.pro jamoasi ishtirok etmoqda. Ushbu jamoada hamyurtimiz Sanjar Kuliev (SANJI) sichqoncha suradi.

"C" guruhining dastlabki ikkita uchrashuvida mag'lub bo'lgan Virtus.pro bugun o'zining uchinchi o'yinini Franciyaning G2 Esports jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O'yinlar BO3 rejimida (3ta o'yin yoki 2ta g'alabagacha) o'tkazilmoqda.

Bahslar Twitch.tv platformasidagi Maincast kanalida bir necha tilda translyaciya qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar