Kibersport: Afsonaviy Dust 2 endi turnirlarda o'ynalmaydi
07 fev 2017 11:53
Yangiliklar
Kibersport: Afsonaviy Dust 2 endi turnirlarda o'ynalmaydi
Valve kompaniyasi afsonaviy Dust 2ni CS:GO turnirlarida foydalaniladigan hududlar orasidan chiqarib yubordi.
Valve kompaniyasining elon qilishicha, rasmiy kibersport turnirlarida foydalaniladigan Dust 2 ikki jamoaga teng imkoniyat beradigan - Active Duty ro'yxatidan chiqariladi. Uning o'rniga Inferno hududi qo'shildi.
Ko'plab professional kibersportchilar Valve qaroridan norozi. O'yinchilarning so'zlariga ko'ra, Active Duty ro'yxatida ko'pchilikka yoqmaydigan, ikki jamoaga teng imkoniyat yaratmaydigan Cobblestone hududi bor. Dust 2 o'rniga kiritilgan Inferno hududini esa muvozanatli deb hisoblashmayapti. Ammo bundan xursand bo'lgan kibersportchilar yo'q emas.
Dust 2 professional turnirlarda foydalanish taqiqlandi, ammo oddiy o'yinlarda uni o'ynash mumkin.
Professional kibersportchilar endi Inferno hududida ter to'kib mashq qilishiga to'g'ri keladi. Yangilangan hududlar 12-15 fevral kuni bo'lib o'tadigan, sovrin jamg'armasi 450 ming dollar bo'lgan DreamHach Masters turnirida ilk marotaba foydalaniladi.
Fikrlar