Keynga Britaniya imperiyasi ordeni topshirildi
29 mar 2019 11:07
Yangiliklar


Keynga Britaniya imperiyasi ordeni topshirildi
SHahzoda Uilyam Artur Filipp Luis "Tottenxem" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keynga Britaniya imperiyasi ordeni belgisini topshirdi.
Taqdirlash marosimi Bukingem saroyida bo'lib o'tdi. Forvard futboldagi muvaffaqiyatlari uchun ushbu ordenni qabul qilib oldi.
(Keyt Gudland (ayoli), Garri Keyn, Kim (onasi) va Patrik (otasi) Keynlar)
(Keyt Gudland va Garri Keyn)
Keyn Rossiyadagi JCH-2018da 6ta gol bilan turnir to'prurari bo'ldi va "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi.
25 yoshli Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum u APLning 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar