Keyn “Tottenxem” to'purarlari ro'yxatiga 4-o'ringa ko'tarilib oldi
09 jan 2019 08:33
Yangiliklar


Keyn “Tottenxem” to'purarlari ro'yxatiga 4-o'ringa ko'tarilib oldi
“Tottenxem” klubi hujumchisi Harri Keyn Angliya liga kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
25 yoshli hujumchisi o'zining shaxsiy rekordini ham takrorladi. U so'nggi 6 ta o'yinda 7 ta gol kiritishga erishdi.
Keyn 2015 yil oktyabr-noyabr oylarida ham ketma-ket 6 ta o'yinda gol kiritgandi.
SHuningdek, Keynning “Tottenxem” safidagi gollari soni 160 taga etdi. Va u klub tarixidagi eng yaxshi 4-raqamli to'purarga aylandi. Undan oldinda Martin CHivers (174 gol), Bobbi Smit (208) va Jimmi Grivz (266) bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar