Keyn: "Salah bunga haqli edi"
14 may 2018 22:06
Yangiliklar
Keyn: "Salah bunga haqli edi"
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Liverpul" forvardi Muhammad Salahni joriy mavsumdagi o'yinlari uchun olqishladi.
Keyn chempionatni 30ta gol bilan yakunladi, Salah esa 32ta to'p kiritdi.
"Bunday raqobat bo'lishi yaxshi, bu Premer-liga uchun zo'r. Birdaniga ikki nafar futbolchi 30 va undan ko'p to'p kiritdi. Salah ajoyib mavsum o'tkazdi va eng yaxshi to'purar nomiga haqli edi. Keyingi mavsumni sabrsizlik bilan kutaman. Men o'tgan mavsumdagidan ko'proq gol urishga harakat qildim. O'shanda men 29 bor raqib darvozalarini nishonga olgan edim, bu safar esa 30 marta", - dedi Keyn.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar