Keyn Evro-2020ni o'tkazib yuborish ehtimoli bor
16 jan 2020 21:30
Yangiliklar


Keyn Evro-2020ni o'tkazib yuborish ehtimoli bor
“Tottenxem” hamda Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keyn kutilganidan ko'proq muddatni lazaretda o'tkazib yuboradi, deya xabar qiladi "Four Four Two".
Eslatib o'tamiz, Keyn chap oyoq tizza paylari shikastlangani sabab jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. “SHporlar” futbolchining aprelda safga qaytishini malum qilishgan edi.
“Keyn 6 oydan so'ng to'liq tuzalib ketishni kutmoqdaman. Tashxislar har xil, chunki vaziyat oddiy emas. Ayrim jarrohlar qisqa muddatni tahmin qilishmoqda”, – deydi 70ga yaqin shu turdagi operaciyalarni amalga oshirgan shifokor Kris Uilson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar