Keyn Angliyani JCH-2022 favoriti deb hisoblamoqda
13 iyu 2022 03:09
Yangiliklar
Keyn Angliyani JCH-2022 favoriti deb hisoblamoqda
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn "sherlar"ning JCH-2022 dagi imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
"Biz JCH-2018 da yarim finalida o'ynaganmiz. Evro-2020 finalida o'ynadik. Ehtimol, ushbu turnirga favoritlardan biri sifatida borarmiz. Bu boshqacha bosim va masuliyat yuklaydi.
O'tgan to'rt yil davomida barcha to'siqlarni engib o'tdik. Biz o'z tariximizni yozyapmiz. Jamoamizga ishonaman. Biz bundanda yaxshi holatga chiqa olamiz, lekin umuman olganda, jamoa zo'r holatda.
Evro-2020da birorta o'yinda mag'lub bo'lganimiz yo'q. Faqat penaltilar seriyasi foydamizga hal bo'lmadi. Bu biz bosimga bardosh bera olishimizni ko'rsatadi. Ammo Jahon chempionatida bu yanada kuchliroq bo'ladi va biz Qatarda boshqa muhitda o'ynaymiz. Jahon chempioni bo'lish uchun yaxshi jihatlarga egamiz. Bu – bizning maqsadimiz", – dedi futbolchi.
Malumot uchun, Keyn Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar