So’nggi yangiliklar

21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда гол урди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  1 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  2 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  1 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0

Keyingi yil yozda O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'ynashi mumkin Yangiliklar

Keyingi yil yozda O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'ynashi mumkin

O'zbekiston milliy terma jamoasi keyingi yilda Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.
Qirg'iziston futbol Federaciyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, milliy terma jamoa 2016 yil yozidan boshlab 8ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi. Ularning 6tasi o'z maydonida, 2tasi raqib maydonida tashkil etilishi kutilmoqda.

Bu borada QFF iyun oyida o'yin o'tkazish uchun Qatar, BAA, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari bilan muzokara olib bormoqda.

Qo'shnilarimiz sentyabr oyida esa Polsha va Xorvatiya kabi Evropaning kuchli terma jamoalarini Qirg'izistonga taklif qilishmoqchi. Oktyabr oyida Bahrayn va Vetnam bilan o'yinlar rejalashtirilgan. Noyabrda safarda Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston terma jamoasi JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichiga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Jamoa guruhda 11 ochko bilan Avstraliya (15) va Iordaniyadan (13) keyingi uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Jamoa ikkinchi bosqichdagi so'nggi o'yinni 29 mart kuni Tojikistonga qarshi o'tkazadi.


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика