Kerrik jarohati tufayli bir oy maydonga tushmasligi mumkin
24 jan 2014 15:15
Yangiliklar


Kerrik jarohati tufayli bir oy maydonga tushmasligi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maykl Kerrik Angliya liga Kubogi yarim finali doirasida bo'lib o'tgan “Sanderlend”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
SHu sababli o'yinchi bir oy maydonga tushmasligi mumkin, deb xabar beradi The Times. Klub bosh murabbiyi Devid Moyesning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi tovonini qayirib olgan.
SHunday qilib “MYU” qishki transferlar oynasi yopilguncha markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun yangi o'yinchi olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” “Yuventus” yarim himoyachilari Arturo Vidal va Pol Pogbaga qiziqmoqda. Bundan tashqari ular “Borussiya” va Napoli yarim himoyachilari Ilkay Gyundoganni va Marek Gamshikni ham olishlari mumkin.
Takidlab o'tamiz, 32 yoshli Kerrik ushbu mavsumda oldin ham ikki oy maydonga tusha olmagan edi.

Fikrlar