Kerrik "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
22 noy 2013 17:14
Yangiliklar


Kerrik "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrik klub bilan shartnomasini 2015 yilga qadar uzaytirdi, deya xabar bermoqda "MYU" rasmiy tvitteri.
"Klub bilan shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman. Ushbu jamoada to'p tepish menga juda yoqadi. Klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishga erishdim. Yanayam ko'proq musobaqalarda g'olib bo'lamiz deb umid qilaman", dedi futbolchi.

Fikrlar