Kerakli malumot. Barchasi futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati haqida
01 avg 2018 10:00
Yangiliklar
Kerakli malumot. Barchasi futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati haqida
Musobaqaga bu safar Indoneziyaning Yogyakarta shahri mezbonlik qiladi. Musobaqada OFK tarixida birinchi bor 16ta jamoa ishtirok etadi. Mamlakatimiz sharafini esa O'zbekistonning futzal bo'yicha amaldagi chempioni AGMK himoya qiladi.
JAMOALAR HAQIDA ESLATMA
SHu yilning 18 may kuni futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlangandi. Qura natijalariga ko'ra, AGMK “D” guruhidan joy olgan bo'lib, Eronning “Mes Sungun”, Livanning “Bank Beyrut” hamda Tojikistonning “Sipar” klublariga qarshi bahs olib boradi. Dastavval barcha guruhlardagi jamoalarni eslab o'tsak.
"A" guruhi: "Vamos" (Indoneziya), "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Dalyan Yuan Dinasti" (Xitoy), "Viktoriya Universiti" (Malayziya).
"B" guruhi: "Tay Son Nam" (Vetnam), "Al Dafra" (BAA), "Nafit Al Vasat" (Iroq), "Jeongju Mag" (Janubiy Koreya).
"C" guruhi: "CHonburi Blyuveyv" (Tailand), "Al Sayliya" (Qatar), "Erem" (Qirg'iziston), "Vik Vipers" (Avstraliya).
"D" guruhi: "Mes Sungun " (Eron), "Bank Beyrut" (Livan), AGMK (O'zbekiston), "Sipar" (Tojikiston).
AGMK O'Z O'YINLARINI QACHON O'YNAYDI?
Musobaqada O'zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadigan AGMK guruh bahslarini 2 avgustdan boshlaydi. Dastlabki raqib: Livanning “Bank Beyrut” futzal klubi. Aytish mumkinki, bu o'ta jiddiy raqib hisoblanadi. Aleksandr Petrov shogirdlari 2-turni 4 avgust kuni Eron vakili “Mes Sungun”ga qarshi o'tkazishadi. 3-tur bellashuvi esa 6 avgustda Tojikistonning “Sipar” klubi bilan kechadi.
SHu o'rinda AGMKning musobaqaga yo'l olgan tarkibini ham keltirib o'tsak. Osiyo chempionati reglamentiga ko'ra, har bir klub 14 nafar futzalchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin va ulardan ikki nafari darvozabon bo'lishi shart. AGMK Indoneziyaga 13 futzalchi bilan yo'l olgan. CHunki bazi sabablarga ko'ra Po'lat Olimov musobaqaga bora olmaydigan bo'ldi.
AGMKning turnirda qatnashadigan tarkibi quyidagicha:
Darvozabonlar - Rustam Umarov, Klim Tyugaev.
Futzalchilar - Mashrab Odilov, SHuhrat Tojiboev, Sarvar SHoahmedov, Javlon Anorov, Davron Abdurahmonov, Farhod Abdumavlonov, Andrey SHlyoma, Jamoliddin SHaripov, Sunnat Kuralov, Akbar Usmonov, Konstantin Sviridov.
Bosh murabbiy - Aleksandr Petrov, administrator - Denis Petrov, shifokor/massajchi - Rasul Dayanov.
MUSOBAQA TARIXIGA NAZAR
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bu yil 9-bor tashkil etilmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni Tailandning “CHonburi Blyuveyv” klubi hisoblanadi. Bu jamoa o'tgan yil finalda Eronning “Giti Pasand” klubini 3:2 hisobida mag'lub etgandi. Bu yilgi musobaqada guruh o'yinlari 1-6 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi. 8 avgustda chorak final bahslari qo'yilgan bo'lsa, 10 avgust kuni yarim final o'tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi final o'yini, shuningdek 3-o'rin uchun kechadigan bah 12 avgustga belgilangan.
SHu o'rinda musobaqa tarixini qisqacha yodga oladigan bo'lsak, klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati ilk bor 2010 yil Eronning Isfahon shahrida tashkil qilingan. Dastlabki musobaqada 10ta jamoa ishtirok etgandi. Keyinchalik qatorasiga to'rt yil 8tadan klub qatnashgan va 2015-2016 yillarda 12ta jamoa ishtirokida o'yinlar o'tkazilgan. O'tgan yil Vetnamda bo'lib o'tgan turnirda 14ta jamoa qatnashgandi. Bu yil esa tarixda birinchi marta 16ta klub ishtirokida musobaqa tashkil etiladi.
Aytish mumkinki, bu turnirda O'zbekiston klublari 2010 yildan beri muntazam qatnashib kelmoqda. Eng yaxshi natijani 2012 yil Toshkentning “Ardus” futzal klubi qayd etgan. Quvaytda bo'lib o'tgan musobaqada “Ardus” finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda Eronning “Giti Pasand” klubiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. SHundan beri O'zbekiston futzal klublari finalga chiqa olishmayapti.
BARCHA G'OLIBLAR KIMLAR?
Albatta, futzal ixlosmandlarini kimlar chempion bo'lgani qiziqtirishi shubhasiz. SHu paytgacha 8 bor o'tkazilgan klublar o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionatida uch martadan Eron va Yaponiya, shuningdek ikki bor Tailand klublari zafar quchgan. Umuman olganda musobaqada jami 11ta mamlakat vakillari ishtirok etgan. Bu yil esa tarixda birinchi marta Janubiy Koreyadan ham jamoa qatnashadi. Quyida musobaqaning barcha g'oliblarini keltirib o'tamiz.
2010 yil. “Fulad Mahan” (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Isfahon, Eron)
2011 yil. “Nagoyya Oshins” (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: Doha, Qatar)
2012 yil. “Giti Pasand” (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Kuvayt, Quvayt)
2013 yil. “CHonburi Blyuveyv” (Tailand, musobaqa o'tkazilgan joy: Nagoya, Yaponiya)
2014 yil. “Nagoya Oshins” (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: CHengdu, Xitoy)
2015 yil. “Tasisat Daryoi” (Eron, musobaqa o'tkazilgan joy: Isfahon, Eron)
2016 yil. “Nagoya Oshins” (Yaponiya, musobaqa o'tkazilgan joy: Bangkok, Tailand)
2017 yil. “CHonburi Blyuveyv” (Tailand, musobaqa o'tkazilgan joy: Xoshimin, Vetnam)
O'ZBEKISTONDAN KIMLAR QATNASHGAN?
Aytib o'tganimizdek, shu paytgacha o'tkazilgan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining barcha final bosqichida O'zbekistondan ham albatta jamoa ishtirok etgan. Hammasi bo'lib to'rtta jamoa mamlakatimiz sharafini himoya qilgan. Bular - “Ardus” (2011, 2012, 2013), “Lokomotiv” (2014, 2015), AGMK (2016, 2017) va “Stroitel” (2010). AGMKning bu yilgi ishtiroki uchinchisi ekanini hisobga olsak, bu borada olmaliqliklar “Ardus”ga etib olishadi. To'rtta jamoadan ikkitasi turli yillarda guruhdan chiqishni uddalagan. “Ardus” 2012 yil finalga qadar etib borgan bo'lsa, 2016 yilgi musobaqada AGMK ham guruhdan chiqqan, biroq chorak finalda mag'lub bo'lib qaytib ketgan.
MUSOBAQA LAUREATLARI
Albatta, har bir turnir yakuniga etganidan so'ng g'olib va sovrindor jamoalar taqdirlanishidan tashqari musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi hamda to'purari ham alohida taqdirlanadi. SHu paytgacha o'tkazilgan sakkizta musobaqaning oltitasida eronlik futzalchilar “Eng yaxshi futzalchi” deb topilgan. SHuningdek, “Eng yaxshi to'purarlar” ro'yxatida ham Eron peshqadamlik qilmoqda.
“Eng yaxshi futzalchilar” ro'yxati:
2010 yil. Vohid SHamsayi (Eron, “Fulad Mahan”)
2011 yil. Muhammad Keshavarz (Eron, “SHahid Mansuri”)
2012 yil. Muhammad Keshavarz (Eron, “Giti Pasand”)
2013 yil. Supxavut Tueanklang (Tailand, “CHonburi Blyuveyv”)
2014 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, “Nagoya Oshins”)
2015 yil. Vohid SHamsayi (Eron, “Tasisat Daryoi”)
2016 yil. Farhad Tavakoli (Eron, “Naft Al Vasat”)
2017 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron, “Giti Pasand”)
“Eng yaxshi to'purarlar” ro'yxati:
2010 yil. Vohid SHamsayi (Eron, “Fulad Mahan”, 17 gol)
2011 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron, “Al Rayan”, 10 gol)
2012 yil. Ahmad Ismoilpur (Eron, “Giti Pasand”, 9 gol)
2013 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, “Nagoya Oshins”, 8 gol)
2014 yil. Kaoru Morioka (Yaponiya, “Nagoya Oshins”, 5 gol)
2015 yil. Vohid SHamsayi (Eron, “Tasisat Daryoi”, 10 gol)
2016 yil. Jiravat Sornvichian (Tailand, “CHonburi Blyuveyv”, 7 gol)
2017 yil. Jiravat Sornvichian (Tailand, “CHonburi Blyuveyv”, 9 gol)
O'zbekistonlik futzalchilar orasida Dilshod Irsaliev jami 9ta gol urgan. U “Ardus” va AGMK klublarida o'ynab shu natijaga erishgan. Bu hozircha bizning futzalchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. Yana bir malumot shuki, Farrux Zokirov 2010 yil “Stroitel” tarkibida Qirg'izistonning “Oltin tosh” klubi darvozasiga uchta to'p kiritgan, 2012 yil “Ardus” safida harakat qilgan Dilshod Irsaliev esa Tailandning eng nomdor futzal klubi “CHonburi Blyuveyv” darvozasini to'rt bor aniq nishonga olgan. O'sha o'yinda vakillarimiz 9:2 hisobida zafar quchishgandi.
X.XOLIQOV.
Fikrlar