Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov ikkinchi davradan boshlab safga qaytishlari mumkin
04 apr 2015 22:01
Yangiliklar


Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov ikkinchi davradan boshlab safga qaytishlari mumkin
"Nasaf" jamoasining ikki nafar hujumchisi Azamat Allaniyozov hamda Kenja To'raev jarohatlari tufayli tiklanish jarayonini o'tkazishayotganligi haqida avval xabar bergandik.
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng ushbu hujumchilarning axvoli haqida ham fikr bildirib o'tdi.
"Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov o'tgan mavsum so'nggida jarohat olishib safdan chiqishgan edi. Bu futbolchilar hozirda yakka tartibda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Ularni safga qaytishlari uchun malum muddat talab etiladi. O'ylaymanki, ikkinchi davradan boshlab bu ikki hujumchining xizmatlaridan foydalana olamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Fikrlar